Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Ota-onalarga / Huquq va majburiyatlar » Huquq va majburiyatlar

Huquq va majburiyatlar

12-02-2026, 13:36
15

Ota-onalar, sizlar uchun!


        Bolaning musiqa va san’at maktabiga o‘qishga kirishi - oila hayotidagi muhim voqea bo‘lib, bu oila a’zolaridan ushbu voqeaga jiddiy yondashishini talab qiladi. Farzandingizning o'zlashtirishi bilan qiziqib maktabga kelib tashrif buyurib tursangiz, pedagoglardan olgan maslahatlarga amal qilib farzandingizga uy vazifalarini bajarishda yordam bersangiz - bu Sizning farzandingizni kelajakdagi yutuqlariga qo'shgan g'oyat katta ulushingizdir. Maktabimizda ota-onalar qo'mitasi faoliyat olib boradi. Maktab pedagoglari tomonidan ota-onalar uchun davra stollari, seminarlar tashkil etilib turiladi. Sizlardan ushbu tadbirlarda ishtirok etishingizni, maktabda tashkil etiladigan konsertlarda tashrif buyurishingizni iltimos qilib qolamiz.
          Maktabimiz Ustavida ota-onalarning huquq va majburiyatlari belgilab qo'yilgan.

Ota-onalar quyidagi huquqlarga ega:


- bolalar musiqa va san’at maktabi rahbariyatidan farzandi uchun mazkur maktabning ustaviga muvofiq zarur shart-sharoitlar yaratilishini talab qilish;
- bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
- jamoatchilik asosida bolalar musiqa va san’at maktabining ish faoliyatida ishtirok etish;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa huquqlar.

Ota-onalarning majburiyatlari quyidagilardan iborat:


- farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishi uchun g‘amxo‘rlik qilish;
- bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan qarash, uni mehnatsevarlik, ezgulik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- farzandida qonunlarga itoatkorlik, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat tuyg‘usini tarbiyalash;
- farzandiga o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
- farzandining ta’lim olishiga ko‘maklashish va uzrli sabablarsiz o‘quv mashg‘ulotlariga muntazam qatnashishini ta’minlash;
- o‘qish uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish;
- qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiyatlar.

 

 Bolalar musiqa va san’at maktabiga o‘qishga 

kirish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:


a) ta’lim yo‘nalishi (yo‘nalishlari) ko‘rsatilgan ariza;
b) o‘quvchining tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;
d) o‘quvchiga belgilangan shaklda berilgan tibbiy ma’lumotnoma;
e) 3 x 4 o‘lchamli 2 ta fotosurat.

 Boshqa maktablardan o‘tgan o‘quvchilar 

quyidagi hujjatlarni taqdim etishadi:


а) o‘qigan joyidan ma'lumotnoma;
b) o‘quvchining baholar (o‘zlashtirish) tabeli;
d) yakka tartibdagi ish rejasi (musiqa yo‘nalishlari uchun).


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.