Ishonch telefoni
Bosh sahifa » Axborot xizmati / Yangiliklar » “Oltin kuz” ijodiy ishlar tanlovi

“Oltin kuz” ijodiy ishlar tanlovi

10-11-2025, 14:34
8
2025-yil 25-oktabr kuni Tuproqqal’a tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining 2025-yil 26-sentabrdagi 456-son buyrug‘i asosida “Ijod maskani” turkum tadbirlari va mahorat darslarini amalga oshirish doirasida tadbir tashkil etildi.

Mazkur tadbir doirasida Tasviriy san’at, Torli cholg‘ular hamda Xonanda yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quvchilar o‘z ustozlari bilan hamkorlikda ijodiy ishlarini namoyish etdilar. Tadbir maktab miqyosida ichki ko‘rik-tanlov tarzida o‘tkazilib, o‘quvchilarning badiiy didi, ijodiy qobiliyati va sahnadagi o‘zini tutish mahoratini yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Tanlov yakunida faol ishtirok etgan o‘quvchilar Diplomlar bilan taqdirlandilar. 


Tadbir maktab ma’naviy-ma’rifiy ishlar rejasiga muvofiq o‘tkazildi hamda o‘quvchilarning ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
https://t.me/BMSM6Pitnak
Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.