Ishonch telefoni
Bosh sahifa » O'qituvchilarga » “Ijod maskani” doirasida mahorat darsi

“Ijod maskani” doirasida mahorat darsi

14-02-2026, 17:11
5
2026-yil 3-fevral

🎶 “Ijod maskani” doirasida mahorat darsi

Tuproqqal’a tuman 6-son bolalar musiqa va san’at maktabi fortepiano bo‘limi o‘qituvchisi Yusupov Diyorbek tomonidan 20-son umumta’lim maktabida mahorat darsi o‘tkazildi.

🎹 Dars davomida o‘quvchilarga fortepiano ijrosi, texnika va musiqiy ifoda bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Shuningdek, o‘qituvchining shogirdlari tomonidan klassik asarlar ijro etilib, yosh ijrochilarning mahorati namoyish etildi.

🌟 Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni musiqaga qiziqtirish, ularni musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishtirish, bolalarga esa o‘z tengdoshlarining allaqachon musiqiy cholg‘ularni puxta egallab borayotganini ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

👨‍👩‍👧‍👦 Hurmatli ota-onalar!
Farzandingizning san’atga bo‘lgan qiziqishi — uning ijodiy tafakkuri, intizomi va ishonchini rivojlantiradi. Musiqa va san’at maktabimizda bolalar nafaqat cholg‘u chalishni, balki sahna madaniyati va o‘ziga ishonchni ham o‘rganadilar.


Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.