Ta’sirli xotira kechasi va maktabimiz faxri
2026-yil 16-yanvar: Ta’sirli xotira kechasi va maktabimiz faxri! 🎶
📅 16-yanvar kuni O‘zbekiston Kompozitorlar Uyushmasi binosidagi kontsert zalida mashhur san’atkor Shirin Abdullayeva xotirasiga bag‘ishlangan “Tugallanmagan qo‘shiq” nomli ta’sirli xotira kechasi bo‘lib o‘tdi. Tadbir milliy madaniyatimiz rivojiga katta hissa qo‘shgan yosh ijodkorning ijodiy merosini yod etish va keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tashkil etildi.
🎤 Ushbu nufuzli san’at tadbiriga Yuldashova Og‘iloy taklif etildi. Tadbir davomida O‘zbekiston Kompozitorlar Uyushmasi raisi Rustam Abdullayev Og‘iloyga samimiy duo qildi, ezgu tilaklarini bildirdi va ijodiy yo‘lida muvaffaqiyat tiladi. Og‘iloy o‘zining chiroyli va ta’sirchan qo‘shiqlari bilan barchani xursand qildi, tomoshabinlar tomonidan iliq olqishlarga sazovor bo‘ldi.
🌟 Og‘iloyning bu kabi tantanali san’at kechasida ishtirok etishi — uning xalqaro tanlovlarda erishgan yutuqlari va ijodiy salohiyatining yana bir yorqin namunasi bo'ldi.

Ctrl
Enter
Xatoligni aqniqladingizmi?
Matnni belgilang va Ctrl+Enter tugmalarini bosing.
Hamda bularni ko'ring
Tasviriy san’at sinfida ko‘rgazma va mahorat soati14-02-2026, 14:23
“Zo‘ravonlikka yo‘l yo‘q!” mavzusidagi ijodiy ko‘rgazma o‘tkazildi29-01-2026, 14:25
“Oltin kuz” ijodiy ishlar tanlovi10-11-2025, 14:34
Xalqaro tanlovdagi yutuq28-01-2026, 15:55
“Ijod maskani” va “Xorazmda Madaniyat ta’limi oyligi” doirasida An'anaviy xonandalik bo‘limi konserti3-02-2026, 15:07